16/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 5-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024- yil 16- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi o‘zaro hamkorlikda  jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Kelajakni korrupsiya illatidan asraylik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov so‘zga chiqib, dastlab O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil    3 -yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilinganligi, so‘ngra ushbu Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha Prezidentimizning bir qator Farmon va qarorlari qabul qilinganligini aytib o‘tdilar. 

Shu bilan bir qatorda, jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida  har bir fuqaroning korrupsiyaviy illatlarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha bir qator samarali ishlarni olib borish zarurligi belgilandi.

Tadbir so‘nggida, Statistika agentligi hamda Qashqadadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi mutasaddilari o‘zaro hamkorlikda jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish yuzasidan har chorakda bir maratoba ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda seminar-trening va davra suhbatlarini o‘tkazishni kelishib oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech