Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1-iyun holatiga 24 048 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 1 596 taga oshgan.
Shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqorisi Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan 20,4 % ni tashkil etdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni hududlar kesimida:
Qarshi shahri – 4 910 ta
Qarshi tumani – 1 850 ta
Yakkabog‘ tumani – 1 712 ta
Kitob tumani – 1 698 ta
Koson tumani – 1 538 ta
Qamashi tumani – 1 534 ta
Shahrisabz shahri – 1 404 ta
Chiroqchi tumani – 1 265 ta
Shahrisabz tumani – 1 214 ta
G‘uzor tumani – 1 200 ta
Nishon tumani – 1 147 ta
Kasbi tumani – 1 092 ta
Dehqonobod tumani – 926 ta
Ko‘kdala tumani – 909 ta
Mirishkor tumani – 857 ta
Muborak tumani – 792 tani tashkil etgan.