Joriy yilning 28-iyun kuni Qarshi davlat texnika universitetining “Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti”talabalariga Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Tuychiyev va bosh yurskonsulti M. Sharipov hamda universitet oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, viloyat Statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻg‘risida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.
Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.