Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda 24 658 ta kichik tadbirkorlik subyekti (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 206 taga oshgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, jami soniga nisbatan 20,4 % ini tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni hududlar kesimida:
Qarshi shahri – 5 033 ta
Qarshi tumani – 1 894 ta
Yakkabog‘ tumani – 1 748 ta
Kitob tumani – 1 722 ta
Koson tumani – 1 600 ta
Qamashi tumani – 1 575 ta
Shahrisabz shahri – 1 432 ta
Chiroqchi tumani – 1 285 ta
Shahrisabz tumani – 1 267 ta
G‘uzor tumani – 1 215 ta
Nishon tumani – 1 168 ta
Kasbi tumani – 1 118 ta
Ko‘kdala tumani – 953 ta
Dehqonobod tumani – 946 ta
Mirishkor tumani – 898 ta
Muborak tumani – 804 tani tashkil etgan.