30/07/2025

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 2 726 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 342 taga oshgan.

 

Ular sohalar kesimida quyidagicha:

savdo sohasida – 872 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 553 ta

sanoat sohasida – 320 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 272 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 189 ta

qurilish sohasida – 107 ta

tashish va saqlash sohasida – 58 ta

axborot va aloqa sohasida – 54 ta

boshqa sohalarda – 301 tani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech