31/07/2025

Joriy yilning 31-iyul kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2024- yil 5-yanvardagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli qonunlarining hamda “ O‘zbekiston Respublikasi Prezindentining 2025- yil 24-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorlari hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Milliy statistika qo‘mitasining 2025- yil 24-iyunda chiqarilgan 63-sonli buyruqining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.

Shuningdek, ushbu qonunlarni, qarorlarni hamda buyruqni qachon, qanday qullanilishi va qonunlar talablariga amaliyotda rioya qilinishi yuzasidan xodimlar tomonidan berilgan savollariga tushunarli ravishda javoblar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech