Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilda viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,4 ming tonna parranda go‘shti (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xo‘jaliklarida – 0,5 ming tonna;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 3,3 ming tonna;
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 1,6 ming tonna.