Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda vohamizda yetishtirilgan jami 663 ming tonnadan ziyod sabzavot mahsulotlarining yarmidan ko‘pi (51 %) aynan beshta peshqadam tuman hissasiga to‘g‘ri keldi.
Vohamiz bozorlari to'kinligi va eksport barqarorligini ta'minlayotgan mirishkor tumanlar bilan tanishing:
Kitob tumani — 83 204 tonna
Koson tumani — 73 808 tonna
Shahrisabz tumani — 62 487 tonna
Yakkabog‘ tumani — 61 833 tonna
Qamashi tumani — 57 402 tonna
Ushbu tumanlarning har biri viloyat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo'lib, ularning birgalikdagi mehnati umumiy muvaffaqiyatning poydevori bo'lib xizmat qilmoqda.
Erishilgan bu yuksak natijalar ortida tuproq bilan tillashgan zahmatkash dehqonlarimizning beqiyos hissasi bor. Mehnatga yarasha baraka bo'lsin!




