Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 191 086 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Shundan,
o‘g‘il bolalar – 98,5 ming (51,5 %);
qiz bolalar – 92,6 ming (48,5 %).
Shahar joylarda – 93,7 ming (49,1 %)
Qishloq joylarda – 97,4 ming (50,9 %) tug‘ilish qayd etilgan.
Mazkur davrda har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 20,2 promilleni tashkil etgan.




