Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 2,2 trln so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,9 % ga oshgan.
Hududlar kesimida qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 921,4 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 636,5 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 178,7 mlrd so‘m
Samarqand viloyati — 129,2 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 128,7 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 70,7 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 56,0 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 46,7 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 27,6 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 11,5 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 10,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 9,0 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,3 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 1,1 mlrd so‘m




