22/06/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 26,7 % ga o‘sgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston 150 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2026-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):

—  Xitoy – 5,3 mlrd;

—  Rossiya – 3,1 mlrd;

—  Qozog‘iston – 1,4 mlrd;

—  Koreya Respublikasi – 620,9 mln;

—  Turkiya – 559,2 mln;

—  Hindiston – 369,7 mln;

—  BAA – 361,1 mln;

—  Germaniya – 359,2 mln;

—  Belarus – 274,8 mln;

— Turkmaniston – 262,2 mln.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech