19/08/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatdan 2 622,7 tonna quritilgan mevalar eksport qilinib, eksport qiymati 1 216,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 181,7 tonna va 165,9 ming AQSH dollarini tashkil etgan.

Natijada eksport hajmi 14,4 baravarga, eksport qiymati esa 7,3 baravarga oshdi.

Bu esa Qashqadaryo viloyatida eksport salohiyati tobora ortib borayotganini yaqqol namoyon etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech