19/08/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatdan 6 462,2 tonna uzum eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 3 530,4 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2025-yilning mos davrida esa 764,8 tonna uzum 1 057,7 ming AQSH dollariga eksport qilingan edi.

Bir yil ichida eksport miqdori qariyb 8,5 baravarga oshdi, eksport qiymatining o‘sish sur’ati esa 333,8 foizni tashkil etdi.

Bu natija Qashqadaryo uzumining tashqi bozorlardagi eksport salohiyati sezilarli darajada ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech