10/10/2019

O`zbekiston Respublikasi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to`g`risida

MA`LUMOT*

(Narxlarni ro`yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o`tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o`zgarib turadi. Mazkur ma'lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan bo`lib, supermarket, minimarket, do`konlardagi narxlar inobatga olinmagan)

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakatimizning hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 8 oktabr kuni o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi:

Mol go`shti

(laxm go`shtidan tashqari)

35 000 so`mdan 55 000 so`mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko`ra, 1 kg mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Eski jo’va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo’yliq dehqon bozori” (55 000 so`m). 35 Qo`y go`shtining minimal “Nukus dehqon bozori”da ( Toshkent shahrining “Oloy dehqon 1 Olib borilgan kuzatuv shahrining “Farhod dehqon bozori” bozori”da (1 200 so`mdan), m bozori”da (4 000 so`m) qayd etildi “Qo’yliq dehqon bozori”,“Mirobod dehqon bozori” da kuzatildi (55 000 so`m). 

Qo`y go`shti

35 000 so`mdan 60 000 so`mgacha (kg)

Qo`y go`shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (35 000) so`mdan ro`yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon  bozori”da (60 000) so`mdan kuzatildi.

Kartoshka

1 200 so`mdan 4 000 so`mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko`ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Eski jo’va dehqon bozori”da (1 200 so`mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 000 so`m) qayd etildi.

Piyoz

1 000 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko`ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", “Damariq dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Farg`ona shahrining “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahrining Eski jo’va dehqon bozori”da (1 000) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahri “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 so`m).

Sabzi

1 500 so`mdan 5 000 so`mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Yangiyo’l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo’l shahar dehqon bozori”, Farg`ona shahrining “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 500) so`mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (5 000) so`mdan kuzatildi.

Tuxum

5 500 so`mdan 10 000 so`mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Farg`ona shahrining “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”da kuzatildi (5 500 so`m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so`m).

Guruch

5 000 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (5 000 so`mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 so`m).

O`simlik yog`i

8 500 so`mdan 13 500 so`mgacha (1 l.)

O`simlik yog`i mahsulotari kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (8 500) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) so`mdan kuzatildi.

Shakar

5 000 so`mdan 7 000 so`mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozori”da (5 000) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termez shahrining “Termez shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (7 000) so`mdan kuzatildi.

--

*) Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining MINIMAL va MAKSIMAL narxlari kuzatuvi statistika organlari tomonidan viloyatlarning hududiy markazlari, Nukus hamda Toshkent shaharlarida ALOHIDA TANLAB OLINGAN markaziy DEHQON BOZORLAR kesimida amalga oshiriladi (quyida 24 tadan iborat dehqon bozorlari umumiy ro'yxati keltirilgan).

Hududlardagi markaziy dehqon bozorlardagi MINIMAL va MAKSIMAL narxlarni ro'yxatga olishda dehqon bozori bo'lmagan savdo ob'ektlaridagi narxlar kuzatuvga olinmaydi (minimarketlar, supermarketlar, do'konlar va xokazo).

Kuzatuvning MAQSADI O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil uchun tasdiqlangan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi NARXLAR DIAPAZONINI ANIQLASH.

Shu asnoda ro'yxatga olingan narx ma'lumotlari asosida o'rtacha iste'mol narxlari darajasini aks ettirish yoki uni baholash, shuningdek, narxlar o'zgarishi dinamikasini tavsiflashda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Muayyan hududning markaziy dehqon bozorida aniq turdagi tovar bo'yicha ro'yxatga olingan MINIMAL yoki MAKSIMAL narxlar respublika bo'yicha shu hududda aynan ushbu mahsulotning o'rtacha narxlari darajasini MINIMAL yoki MAKSIMAL deb hisoblash uchun ASOS BO'LMAYDI.

Dehqon bozorlaridagi MINIMAL va MAKSIMAL narxlar darajasiga assortiment yoki hududiy siljishlar, shuningdek, kuzatuv o'tkazish vaqtida bozorlardagi mavjud sharoitlar ta'sir etishi mumkin.

Narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi va ma'lumotlarni to'plash vaqti, sanasi hamda joyi o'zgarishiga qarab ham narxlarning tebranish holatini ko'rish mumkin.

Respublika xududlari kesimidagi markaziy dehqon bozorlari
RO’YXATI

Qoraqalpog`iston Respublikasi:
Nukus shahri - “Nukus dehqon bozori”

Andijon viloyati:
Andijon shahri - “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”

Buxoro viloyati:
Buxoro shahri “Buxoro markaziy dehqon bozori”

Jizzax viloyati:
Jizzax shahri – “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”

Qashqadaryo viloyati:
Qarshi shahri – “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”

Navoiy viloyati:
Navoiy shahri - “Saxovat bozori”

Namangan viloyati:
Namangan shahri - “Namangan chorsu dehqon universal bozori”

Samarqand viloyati:
Samarqand shahri - “Siyob dehqon bozori", “Temiryo’l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”

Surxondaryo viloyati:
Termiz shahri - “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziqovqat bozori”

Sirdaryo viloyati:
Guliston shahri - “Guliston dehqon bozori”

Toshkent viloyati:
Yangiyo’l shahri - “Ixtisoslashgan Yangiyo’l shahar dehqon bozori”, Chirchiq shahri - “Chirchiq shahri dehqon bozori”

Farg`ona viloyati:
Farg`ona shahri – “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”

Xorazm viloyati:
Urganch shahri - “Urganch markaziy dehqon bozori”

Toshkent shahri
“Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo’va dehqon bozori” va “Qo’yliq dehqon bozori”

Tugmani bosing Tinglash GSpeech