So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-dekabr oyida Qashqadaryo viloyatida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 17645,1 mlrd. so‘mga yetdi.

2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 26525,0 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil qildi.

2024- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 22 405,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 4,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 4-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2025- yil 1- yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1397 tani tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 702,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2773,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oyida Qashqadaryo viloyatida YAHM tarkibidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 71,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 3-fevral kuni Kasbi tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i O. Xudoyqulov tomonidan Kasbi tumaniga qarashli “Oqqamish kasbi” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan xaritaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.