So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-dekabr oyida Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (60,8 %), Qozogʻiston (14,4 %) hamda Tojikiston (11,1 %) davlatlari bilan qayd etildi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2025- yil 13-fevraldagi “Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1030-sonli qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining Prezindentining 2024- yil 3-iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchayterish to‘g‘risida”gi Farmonining  mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishi mavzularida xodimlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 7242,0 ming so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,1 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 117,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 18- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2025- yil 1-yanvar holatiga viloyatda chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 6074 tani tashkil etdi.

2025- yilning 1- fevral holatiga koʻra, 43042 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Joriy yilning 17- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 17-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Haramjo‘y” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 32 080,1 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 81,2 % ni tashkil etdi.