So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 2-aprel kuni Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi tumaniga qarashli “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyatida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2025- yil 1-mart holatiga ko‘ra 2 922 tani tashkil etdi.

2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 3699,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2025-yil yanvar-fevral oylarida viloyat tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 31,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

2024- yilning yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 71,0 % ni tashkil etdi.

2025- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 104,9 % ni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda avtomobil transportida 1,4 mlrd tonna yuk tashilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 4,8 % ga o‘sgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 25-mart kuni Iqtisodiyot va pedagogika universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalariga “Aholini ro'yxatga olish tadbiri” mavzusida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2 499,1 mlrd so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 %ini tashkil etdi. 2024-yil yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 116,0 % darajasida qayd etildi.

Qarshi shahridagi Alisher navoiy bog`ida "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” ishori ostida xalq sayllari bo`lib o`tmoqda.