So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-noyabr holatiga koʻra, 170,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2025- yil 3-yanvardan 10-yanvar  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2023- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 5,5 % ga o‘sdi va 1041,7 mlrd. so‘mni tаshkil qildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

  Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasining ahil jamoasi nomidan Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

Joriy yilning 27-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligega mujallangan yer uchaskalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024- yil 9-oktabrdagi qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

Joriy yilning 26- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.