So'nggi yangiliklar

2025- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyati korxonalari tomonidan 9 400,4 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2024- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,7 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylari holatiga G‘uzor tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 2,8 trln so‘m miqdorida qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylari holatiga Koson tumani bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi 640,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami 2 935 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

 2025- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida 8 164,1 mlrd soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning 24-aprel kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M.Sharipov tomonidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizim hodimlari o‘rtasida tashkil etilgan manaviyat soatida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yildagi O‘RQ-419-sonli va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 2024- yil 5-iyundagi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli hamda “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini o‘zliksiz oshirish tizimini joriy qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun – mohiyati hamda qo‘llanilishini tushuntirib ma’ruza qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havo transportida tashilgan yuklar hajmi 13,9 ming tonnani tashkil etgan.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida, FHDYO organlarida viloyat bo‘yicha 22 158 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida, FHDYO organlarida viloyat bo‘yicha jami 22 158 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

2025- yil 1-aprel holatiga Qashqadaryo viloyatida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 937 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 23-aprel kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi S. Xurramov Qarshi shahriga qarashli “Komilon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Dehqonobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 319 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 185 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 83 tani tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 71,7 % ni tashkil etdi.