So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 10-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Statistik registrlarni yuritishga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 33,3 %, sanoat – 17,9 %, qurilish – 7,8 % va xizmatlar sohasi – 41,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2023- yilning yanvar- oktabr oyiga nisbatan 5,4 % ga o‘sdi va 944,6 mlrd. so‘mni tаshkil qildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 11091,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 6- dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M.Shahripov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 03.01.2017-yildagi O‘RQ-119-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024-yildagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini o‘zliksiz oshirish tizimini joriy qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun – mohiyati hamda qo‘llanilishini tushuntirib ma’ruza qildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 145319,5 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 19481,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qarshi shahrida transport xizmatlari hajmi 679,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,1 % ni tashkil etdi.