So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2023- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan 6,3 % ga o‘sdi va 852,0 mlrd. so‘mni tаshkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 15 825,0 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 % ga o‘sdi.

Ushbu davra suhbatida Qarshi shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z. Ismatov hamda texnikum professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 777,7 mingtaga yetdi.

2023–2024- o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan eng ko‘p xorijlik talabalar Hindistondan bo‘lib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 35,4 trln soʻm ishlar bajarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 32 million boshga yetgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan,  2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 20,5 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 30-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi  yetakchi mutaxassisi A. Xujalova tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Xo‘ja xiyol” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 80,4 trln soʻm qurilish ishlari bajargan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1- oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 667 ta.