So'nggi yangiliklar
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Bugun, 22- oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida ma’rifat tadbiri tashkil etildi.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 28 596 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 4 989,3 ming yoʻlovchini tashkil etgan.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293 904 dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining YAHM hajmi 6,2 % ga o‘sdi va 56 803,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 21- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida parrandalarning umumiy bosh soni 6208,1 mingtaga yetdi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Shu kunlarda yurtimizning har bir goʻshasida katta bayram. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻldi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kir yuvish mashinasi soni o‘rtacha 97 tani tashkil etdi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 901 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-sentabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 28,5 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar- iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 11284,3 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil qildi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3186,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
21/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati korxonalari tomonidan 28 742,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,0 % ni tashkil etdi.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yil 15–16- oktabr kunlari Anqara shahrida Islom taraqqiyot banki guruhi (IsDB) bilan hamkorlikda SESRIC, IHT Statistika Komissiyasi Kotibiyati (OIC-StatCom)ning 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
18/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 6 390 tani tashkil etdi.
49-sahifa 413 dan