03/03/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori – 72,2 % ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

- bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi - 9,4 trln so‘m

- fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi - 2,3 trln so‘m

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 1,3 trln so‘m

Tugmani bosing Tinglash GSpeech