Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1- iyun holatiga jami 24 225 ta tijorat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha eng ko‘p qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning soni 14 879 tani yoki jamiga nisbatan 61,4 % ni tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat korxonalarining soni quyidagicha:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 14 879 ta
xususiy korxonalar – 5 975 ta
oilaviy korxonalar – 3 018 ta
aksiyadorlik jamiyatlari – 33 ta
boshqalar – 320 ta